» » Chimkent shahrining davlat xizmatchilari bir oy davomida jamoat transportidan foydalanadi

Chimkent shahrining davlat xizmatchilari bir oy davomida jamoat transportidan foydalanadi


Chimkent akimi (hokimi) Gabidulla Abdrahimov shahar transporti muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda barcha davlat xizmatchilariga jamoat transportidan foydalanishni topshirdi. Bu haqda shahar hokimining saytiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Biz bir necha bor avtobuslarning ishini, ularning marshruti grafigini, haydovchi va konduktorlarning muomalasini, avtobus salonlaridagi sanitariyani muhokama qildik. Va har safar sizlar muammoni bartaraf etishga va’da berdinglar. Biroq nazorat bunday bo‘lmadi. Eng hammasi boshqacha bo‘ladi”, — dedi hokim.

Davlat xizmatchilariga xizmat transport vositasidan foydalanish bir oyga taqiqlandi. Bu shahar hokimiga, uning o‘rinbosarlariga, bo‘limlar rahbarlariga, tuman hokimlariga va uning o‘rinbosarlariga, shuningdek, kammunal xizmatlar rahbarlariga tegishli. Ularning xizmat mashinalari shahar hokimiyati avtoturargohiga joylashtiriladi.

Gabidulla Abdrahimov vaziyatni o‘nglash uchun sakkiz hafta muhlat berdi. Bu vaqt ichida jamoat transportlari to‘liq tartibga keltirilishi, bekatlarga esa marshrut haqida ma’lumot beruvchi lavha o‘rnatilishi kerak.

Bundan tashqari, hokim shahar politsiyasiga yo‘lovchilarni tashish va ularning xavfsizligini ta’minlashga doir alohida topshirish berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют