» » Durov: Telegram’ni jarimaga tortgan sudya konstitutsiyadan bexabar bo‘lgan

Durov: Telegram’ni jarimaga tortgan sudya konstitutsiyadan bexabar bo‘lgan


Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer foydalanuvchi ma’lumotlarini federal xavfsizlik xizmatiga taqdim etishni rad etgani uchun uning kompaniyasini 800 ming rubl jarimaga tortgan Moskva sudi qaroriga izoh berdi, deb yozadi “MK.ru”.

Durovning so‘zlariga qaraganda, buni amalga oshirishga Telegram’ning texnik imkoni bo‘lmagan, bundan tashqari, FXX talabi Rossiya konstitutsiyasining 23-moddasiga zid. Unga ko‘ra, har bir kishi yozishmalar, telefon muloqotlari, pochta, telegraf va boshqa xabarlarni sir saqlash huquqiga ega.

Shu munosabat bilan tadbirkor ish Rossiyaning asosiy qonuni bilan tanish sudya tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar FXX da’vosi yuzasidan shikoyat berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Telegram “yakuniy shifrlash” texnologiyasiga asoslangan, shu tariqa foydalanuvchilar yozishmalari ularning shaxsiy qurilmalarida shifrlanadi. Shuning uchun shifrlash kalitlarini FXXga taqdim etish imkonsiz.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют