» » O‘zbekistonda 9 oy ichida iste’molchilardan eng ko‘p kommunal soha muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi

O‘zbekistonda 9 oy ichida iste’molchilardan eng ko‘p kommunal soha muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi


16-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni” mavzuidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yilning to‘qqiz oyi davomida Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman va shahar jamiyatlari raislari aholi (fuqarolar) bilan jami 7670 marta muloqot o‘tkazildi. Mazkur muloqotlar davomida uy-joy kommunal (2208 ta), savdo(1371 ta), sog‘liqni saqlash (576 ta), aloqa (240 ta), transport (307 ta), servis xizmatlari (242 ta), ta’lim (280 ta) va boshqa sohalar (2446 ta) bo‘yicha boshqa sohalarda fuqarolar tegishli masalalar yechimi yuzasidan amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan.

Hisobot davrida “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalariga kelib tushgan 4225 ta murojaat ro‘yxatga olindi. 3125 ta murojaat bo‘yicha ularga qonun talablaridan kelib chiqib, huquqlari tushuntirildi. 515 ta murojaat yuzasidan davlat va nazorat qiluvchi organlarga, 100 ta murojaat yuzasidan esa sud organlariga murojaat qilish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Shundan, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari iste’molchilardan tushgan 165 ta ariza va shikoyat asosida ularning manfaatlarini ko‘zlab, sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 226 million 673 ming so‘m moddiy va ma’naviy zararlar qayta hisob-kitob qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют