» » MIB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi ishga qabul bo‘yicha tanlov e’lon qildi

MIB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi ishga qabul bo‘yicha tanlov e’lon qildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi va uning hududiy bo‘limlariga dasturlovchi, ma’lumotlar bazasi administratori, veb-dizayner, axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga qabul bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda Bosh prokuratura sayti xabar bermoqda. 

Nomzodlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot, zarur bilim va ish tajribasi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Dasturchilar quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi:

Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++;

HTML, CSS, JavaScript, Jquery;

Zamonaviy veb-freymvorklar (Wicket, Spring va boshqalar);

ORM (MyBatis, Hibernate va boshqalar);

WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari;

WinAPI tizimida dastur, veb brauzerlar uchun plaginlar yaratish;

SDK qurilmalar bilan ishlay olish va tizimga integratsiya qilish;

Android, iOS, Windows, J2ME qurilmalar uchun dasturlar yaratish.

Markaz va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют