» » Donald Tramp 7—8-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi

Donald Tramp 7—8-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi


AQSh prezidenti Donald Tramp 7—8-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Koreya respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Koreya prezidenti rasmiy vakilining so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Avvalroq Tramp rafiqasi bilan mamlakatimizda uch kun bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Keyinroq esa rasmiy tashrif 7-noyabr kuni erta tongdan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

Prezident rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti mamlakatga safarini 6-noyabr kuni kechki payti boshlasa, Janubiy Koreya tomoni “tegishli diplomatik protokol”ni taqdim eta olmasligi mumkin edi.

Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, prezidentlar muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar hamda KXDR yadro muammolarini hal qilish yo‘llarini muhokama qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют