» » Qirg‘iziston Butunjahon savdo tashkilotiga Qozog‘iston ustidan shikoyat yo‘lladi

Qirg‘iziston Butunjahon savdo tashkilotiga Qozog‘iston ustidan shikoyat yo‘lladi


Qirg‘iziston hukumati 17-oktabr, seshanba kuni Butunjahon savdo tashkiloti kotibiyatiga Qozog‘iston bilan chegarada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasman murojaat qildi. Bu haqda K-News xabar bermoqda. 

Hukumat matbuot xizmatiga ko‘ra, murojaatga Qozog‘iston tomonidan tariflar va savdo to‘g‘risidagi bosh kelishuv hamda Butunjahon savdo tashkilotini ta’sis etish haqidagi kelishuv me’yorlari buzilishi sabab bo‘ldi.

“Qozog‘iston 10-oktabrdan boshlab to‘satdan Qirg‘iziston—Qozog‘iston va Rossiya—Qozog‘iston davlat chegaralarida qo‘shimcha nazorat choralarini joriy etdi. Shundan so‘ng eng yirik va gavjum ‘Ak-Jol’ va ‘Ak-Tilek’ o‘tkazish punktlarida Qirg‘izistondan kishilar va transport vositalarining kunlik o‘tish oqimi 2,4 marotaba qisqardi”, — deyiladi murojaatda. 

Matbuot xizmati Qirg‘iziston qo‘shni davlat kabi BSTning to‘laqonli a’zosi ekanligi va xalqaro tashkilot doirasida o‘z huquqlarini to‘liq himoya qilishini qayd etdi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют