» » Rossiya IIV xorijda ekstremistlar tomonida turib jang qilgan yuzlab rossiyaliklarning o‘limi haqida e’lon qildi

Rossiya IIV xorijda ekstremistlar tomonida turib jang qilgan yuzlab rossiyaliklarning o‘limi haqida e’lon qildi


Xorijga noqonuniy qurolli tuzilmalar tarkibida turib jang qilish uchun ketgan yuzlab rossiyaliklar jangovar harakatlar vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i Timur Valiulin ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Bir necha yuz nafari bevosita jang maydonlarida yo‘q qilingan”, — dedi politsiya generali.

“Noqonuniy qurolli tuzilmalar tarkibida ishtirok etish uchun ketgan fuqarolarni ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Ularning deyarli uchdan ikki qismiga nisbatan dalillar bazasi to‘plangan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — dedi Valiulin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IIVni jangarilarning yana Rossiyaga qaytishi xavotirga solmoqda, biroq “ushbu vaziyat federal xavfsizlik xizmati bilan birgalikda nazorat ostida ushlanmoqda”. “Vaziyat og‘ir bo‘lishiga qaramay, to‘liq nazorat qilish mumkin”, — dedi Valiulin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют