» » Saakashvili Oliy Rada oldidagi namoyishda prezident Poroshenko iste’fosini talab qildi

Saakashvili Oliy Rada oldidagi namoyishda prezident Poroshenko iste’fosini talab qildi


Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 17-oktabr kuni Oliy Rada binosi oldida bo‘lib o‘tgan namoyish davomida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning iste’fosini talab qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

“Poroshenko bor ekan, taraqqiyot ham, korrupsiyaga qarshi kurash ham bo‘lmaydi. Poroshenko bor ekan, qashshoqlik hukmron bo‘ladi… Men kiyevliklarni ishdan so‘ng safimizga qo‘shilishga chaqiraman. Poroshenko o‘z lavozimini tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak”, — dedi Saakashvili.

Politsiya hisob-kitobiga ko‘ra, Oliy Rada binosi oldidagi norozilik namoyishida olti mingga yaqin odam qatnashmoqda. Ular deputatlar daxlsizligini bekor qilish, saylov qonunchiligini o‘zgartirish va aksilkorrupsiyaviy sud tuzishni talab qilmoqda.

Ukraina parlamenti spikeri Andrey Parubiy majlis vaqtida xalq vakillari tomonidan deputatlar daxsizligini bekor qilish va saylov tizimni o‘zgartirish haqidagi qonun loyihalari ko‘rib chiqilishiga va’da berdi.

Mixail Saakashvili 2015—2016-yillarda Ukrainaning Odessa viloyatiga gubernatorlik qilgan. U Pyotr Poroshenko bilan kelisha olmay qolgani sabab, gubernatorlikdan olingan, Ukrainani tark etgan va yakunda Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan edi.

2017-yil sentabri boshida Saakashvili Ukrainaga qaytdi: u o‘z tarafdorlari qurshovida Ukrainaning Polsha bilan chegarasini kesib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют