» » Ispaniyada F-18 qiruvchi samolyoti quladi

Ispaniyada F-18 qiruvchi samolyoti quladi


Ispaniyaning Madrid muxtor viloyatida F-18 qiruvchi samolyoti quladi. “Kommersant”ning yozishicha, havo kemasi uchuvchisi halok bo‘lgan.

El Mundo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa samolyot Torrexon-de-Ardos shaharchasidagi aviabazadan uchib chiqqan vaqti yuz bergan.

Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum. Twitter’da hodisa joyidan olingan videoyozuvlar paydo bo‘ldi.

Accidente a?reo: pendientes de @EjercitoAire, im?genes cercan?a base a?rea de #Torrej?n, capatadas por @miguelcomin pic.twitter.com/eBY3CnuTd2

— InfoEmergencias (@InfoEmerg) October 17, 2017

O‘tgan hafta Ispaniyada mamlakatning Milliy bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan paraddan qaytayotgan Eurofighter qiruvchi samolyoti qulagan edi.

O‘shanda ham uchuvchi o‘z jonini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmagan edi. Ekspertlarning fikricha, aviahalokat texnik nosozlik oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют