» » Abdulaziz Komilov va Javod Zarif O‘zbekiston va Eron TIVlari Hamkorlik dasturini imzoladi

Abdulaziz Komilov va Javod Zarif O‘zbekiston va Eron TIVlari Hamkorlik dasturini imzoladi


Tehronga 17-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqa siyosati muammolari yuzasidan fikr almashgan.

Suhbat chog‘ida Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 11-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning uchrashuvi O‘zbekiston—Eron muloqoti faollashishiga yangi turtki berganligi ta’kidlangan.

“Vazirlar tomonlar uchun ahamiyatga ega barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi”, — deyiladi TIV axborotida.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eronning BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют