» » Turkiyadagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi


Turkiyaning Shirnak viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida olti konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, shaxtada ko‘chki yuz bergan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib borgan. NTV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, ikki konchi qutqarib qolingan.

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi axborotiga ko‘ra, mazkur shaxtada kon ishlarini olib borish uchun tegishli litsenziya bo‘lmagan, u 2013-yilda olib qo‘yilgan edi.

Turkiyaning Soma shahri yaqinidagi shaxtada 2014-yili yuz bergan portlash oqibatida 301 kishi halok bo‘lgan edi. Portlash ro‘y bergan vaqtda shaxtaga 787 kishi bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют