» » Jizzaxda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 21 kishiga pasportlar topshirildi

Jizzaxda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 21 kishiga pasportlar topshirildi


Jizzax viloyatida O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 21 kishiga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Zarbdor tumanida 26 yildan buyon yashab kelayotgan Karim Xoliqov — O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinlardan biri. “Kasbi agronom bo‘lgan Xoliqov o‘zining fidoyi mehnati bilan ko‘pchilikning hurmatini qozongan”, — deb yozadi O‘zA.

Fuqaroligim bo‘lmagani bois huquqlarim cheklangani yuragimda armon edi. Bugun men hammadan ko‘ra baxtiyorman. Hayotimdagi eng katta orzuim ushaldi, O‘zbekiston fuqarolik pasportini olishga muyassar bo‘ldim. Bu ishonch meni jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga undaydi.

Karim Xoliqov, zarbdorlik agronom

Tadbirda O‘zbekiston fuqaroligiga muyassar bo‘lgan arnasoylik Marvarid Shaharova, zominlik Tursunbek Mirabrorov, Sharof Rashidov tumanidan Narimon Ajdarov ham so‘zga chiqdi.

Jizzax viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, kapitan K.Abdualimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar viloyatdan 42 nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют