» » Ispaniya Konsititutsiyaviy sudi Kataloniya referendumi to‘g‘risidagi qonunni aksilkonstitutsiyaviy deb topdi

Ispaniya Konsititutsiyaviy sudi Kataloniya referendumi to‘g‘risidagi qonunni aksilkonstitutsiyaviy deb topdi


Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya referendumi to‘g‘risidagi qonun mamlakat konstitutsiyasiga zid ekani haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Sud plenumi Kataloniya ma’muriyatining mustaqillik borasidagi tashabbuslari noqonuniy ekani haqida bir ovozdan qaror qabul qilgan.

Referendum to‘g‘risidagi qonun Kataloniya parlamenti tomonidan 6-sentabr kuni ma’qullangan edi, biroq ertasi kuni Ispaniya hukumati hujjatning haqiqiyligi ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilgan edi.

Qonun ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat berilganiga qaramay, Kataloniyada 1-oktabr kuni mustaqillik referendumi bo‘lib o‘tdi. Plebistsit davomida hududning 90 foiz aholisi Ispaniya tarkibidan ajralib chiqish uchun ovoz berdi.

Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon 10-oktabr kuni hududning mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi, biroq Madrid bilan muzokaralar olib borish maqsadida uning deklaratsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi.

16-oktabr kuni Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga mintaqadagi vaziyat yuzasidan ikki oy ichida muzokaralarni boshlash taklifi bilan xat yo‘lladi.

Ispaniya markaziy hukumati talablariga qaramay, Kataloniya rahbariyati hududning maqomiga hali ham aniqlik kiritgani yo‘q.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют