» » Xorazmda ammasining qizini zo‘rlamoqchi bo‘lib, uni o‘ldirgan 18 yashar yigit qo‘lga olindi

Xorazmda ammasining qizini zo‘rlamoqchi bo‘lib, uni o‘ldirgan 18 yashar yigit qo‘lga olindi


Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hududda yuz bergan qotillik jinoyati haqida axborot berdi.

Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan ayol 1999-yilda tug‘ilgan qizi 12-oktabr kuni uydan chiqib ketib, qaytib kelmagani sabab tuman prokuraturasiga murojaat qilgan.

Murojaat asosida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida qizning jasadi prokuraturaga murojaat qilgan ayolning ukasiga tegishli uy poli tagidan, bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz tog‘asining uyiga suv olish uchun kelganida, tog‘asining o‘zi tengi, u bilan bir kollejda tahsil oluvchi o‘g‘li — xonadonda o‘zi va qizdan boshqa hech kim yo‘qligidan foydalanib — qizning nomusiga tegish maqsadida unga tashlangan.

“Qiz unga qarshilik ko‘rsatgan, yordam so‘rab baqirgan, bu jirkanch ishni barchaga ma’lum qilib, sharmanda qilishini aytgan. Yigit o‘z kirdikorini yashirish maqsadida qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadni polning tagiga yashirgan”, — deyiladi IIB xabarida.

Xabar berishlaricha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda; gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 1) ( 62) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...