» » O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon banki va XVJ vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon banki va XVJ vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov boshchiligidagi delegatsiya Butunjahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilari kengashi yig‘ilishi doirasida Vashington shahrida ushbu tashkilotlarning oliy martabali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

XVJ ijrochi direktori Xinam Choy bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va jamg‘arma o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga texnik ko‘mak berish dasturini kengaytirishga, pul-kredit siyosatini samarador amalga oshirish bo‘yicha konsultatsiya va tavsiyalar tayyorlashga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

XVJ direktori o‘rinbosari Tao Chjan uchrashuv chog‘ida xalqaro moliyaviy institutning O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirib, uning iqtisodiy o‘sishidagi yuqori sur’atni ta’minlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning davlat-xususiy sektor hamkorligi masalalari bo‘yicha global rahbari Emmanuel Nyirikindi boshchiligidagi delegatsiya bilan bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va xalqaro tashkilot o‘rtasidagi konsultativ xizmatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют