» » Joan Rouling bir yilda Yevropadagi barcha mashhurlardan ko‘proq daromad topdi

Joan Rouling bir yilda Yevropadagi barcha mashhurlardan ko‘proq daromad topdi


Forbes jurnali so‘nggi 12 oy ichida eng yuqori daromad olgan yevropalik mashhurlar ro‘yxatini tuzdi, deb yozmoqda “RBK”. Reytingda “Garri Potter”ning muallifi — britaniyalik Jaon Rouling birinchi o‘rinni egallab, futbolchi Ronaldoni ortda qoldirdi.

Joan Roulingning so‘nggi 12 oyda topgan daromadi 95 million dollarni tashkil qilgan. Avgust oyining boshida Forbes yozuvchini eng ko‘p haq oladigan yozuvchi deb atagan edi. Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, Roulingning boyligi avgust oyining boshida 650 million dollarni tashkil qilgan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtiano Ronaldo 93 million dollar bilan egalladi. O‘tgan yilda klub bilan shartnomasini to‘rt yilga uzaytirgan futbolchi klubdan yiliga 50 million yevro oladi. Shuningdek, u Nike kompaniyasi bilan tuzilgan bir umrlik reklama shartnomasi asosida yiliga 24 million dollar oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 06:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют