» » “Real Madrid” Garet Beyl va Luka Modrichning sobiq jamoasi “Tottenhem”ni yenga olmadi

“Real Madrid” Garet Beyl va Luka Modrichning sobiq jamoasi “Tottenhem”ni yenga olmadi


Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki ikki turida 6 ochkodan qo‘lga kiritgan Madridning “Real” va Londonning “Tottenhem” klublari 3-turda o‘zaro to‘qnash keldi.

“Santyago Bernabeu” stadionida kechgan bellashuvda g‘olib aniqlanmadi — 1:1. O‘yindagi har ikki gol mezbonlar tomonidan urildi. Shu tariqa mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi qo‘shhokimligi davom etadigan bo‘ldi.

“Real” safida shu kuni “Tottenhem”ning sobiq futbolchisi Luka Modrich to‘liq harakat qildi. Garet Beyl esa uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Chempionlar Ligasining shu mavsumida londonliklardan Harri Keyn 5 ta gol urib ulgurgandi. Kechagi bellashuvda Krishtianu Ronaldu bu borada unga yetib oldi.

Guruh bosqichini har yilgidan-da yomonroq boshlagan Dortmundning “Borussiya” klubi Kiprda ham zafar qucha olmadi. Shu tariqa Peter Bosh jamoasi pley-off yo‘llanmasi masalasini katta so‘roq ostida qoldirdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“H” guruhi. 3-tur
17-oktabr, seshanba

Gollar: Rafael Varan, 28-avt (0:1). Krishtianu Ronaldu, 43-pen (1:1).

Gollar: Mikael Pote, 62 (1:0). Sokratis Papastatopulos, 67 (1:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют