» » Jek Ma odamlarning ishlab chiqarishdan ozod bo‘lishini bashorat qildi

Jek Ma odamlarning ishlab chiqarishdan ozod bo‘lishini bashorat qildi


Alibaba’ning asoschisi, xitoylik milliarder Jek Ma Moskvadagi “Skolkovo” innovatsion markazida bo‘lib o‘tgan “Raqamli iqtisodiyot” konferensiyasida ishlab chiqarish bilan faqat mashinalar shug‘ullana boshlagach, “elektron iqtisodiyot” yuzaga kelishini bashorat qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Robotlarning ishlab chiqarishga kiritilishi hisobiga ish o‘rinlarining yo‘qotilishi haqidagi savolga javob bera turib, Ma kelajakda nafaqat elektron savdo, balki elektron iqtisodiyot haqida ham gapirish mumkin bo‘lishini aytdi.

“Ishlab chiqarish yangi ish o‘rni yaratmaydi, chunki mashinalar, sun’iy intellekt ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Odamlar boshqa biror narsa bilan shug‘ullanadi”, — deb ma’lum qilgan milliarder. Jek Maning so‘zlariga ko‘ra, avval “odamlar robotlar kabi ishlagan, kelajakda esa robotlar odamlar kabi ishlaydi”.

Maning fikricha, avvalgi sanoat inqiloblarida bo‘lgani kabi, mehnat bozorining tuzilmasi o‘zgarishi kerak. Odamlar ishlab chiqarishga robototexnikaning kiritilishidan xavotirga tushmasligi kerak — muammo o‘z-o‘zidan yechilishi kerak.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, 30 yildan keyin internet neftdan ko‘ra muhimroq bo‘ladi. Shu bilan birga, u internetning dunyo bo‘ylab yoyilishi noteng bo‘layotganini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют