» » “Yunayted”ga urolmagan gollarini “Liverpul” Sloveniyada urdi. “Sevilya” Moskvada 5 ta gol o‘tkazdi

“Yunayted”ga urolmagan gollarini “Liverpul” Sloveniyada urdi. “Sevilya” Moskvada 5 ta gol o‘tkazdi


Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki ikki turida zafar qucha olmagan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” Sloveniyada yayradi.

APLning so‘nggi turida liverpullik futbolchilar “Joze Mourinyo avtobusi”ni yorib o‘ta olmagan va “Yunayted” bilan golsiz durang o‘ynagandi. Sloveniyada esa “mersisayd” klubi raqibi darvozasiga 7 ta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur g‘alaba musobaqaning shu mavsumidagi eng yirigi bo‘ldi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda ham yirik hisob qayd etildi. Rossiyaning amaldagi chempioni “Spartak” ham dastlabki ikki turda 2 ochko jamg‘argandi. Bu safar ular Ispaniya yetakchilaridan biri hisoblangan “Sevilya”ni 5:1 hisobida taslim qildi. Mazkur g‘alaba Rossiya klublari orasida Chempionlar Ligasidagi eng yorqini bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“E” guruhi. 3-tur
17-oktabr, seshanba

Gollar: Kvinsi Promes, 18 (1:0). Simon Kyer, 30 (1:1). Lorentso Melgarexo, 58 (2:1). Denis Glushakov, 67 (3:1). Luis Adriano, 74 (4:1). Kvinsi Promes, 90 (5:1).

Gollar: Roberto Firmino, 4 (0:1). Filippe Koutinyo, 13 (0:2). Muhammad Saloh, 19 (0:3). Muhammad Saloh, 40 (0:4). Roberto Firmino, 54 (0:5). Aleks Oksleyd-Chemberlen, 86 (0:6). Trent Aleksander-Arnold, 90 (0:7).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют