» » O‘zbekiston futzal termasi Qirg‘izistonni ham yengib, Erondan 100 foizlik natija bilan qaytishni uddaladi

O‘zbekiston futzal termasi Qirg‘izistonni ham yengib, Erondan 100 foizlik natija bilan qaytishni uddaladi


Osiyo Chempionatiga chiqish uchun saralash turnirini Eronning Tabriz shahrida o‘tkazgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi guruhdagi barcha raqiblarini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlabki turda Nepal 14:1 hisobida ortda qoldirilgan bo‘lsa, keyinroq Turkmaniston 4:2 hisobi bilan mag‘lub etilgandi. Xuddi O‘zbekiston singari dastlabki ikki turda 6 ochko ishlagan Qirg‘izistonga qarshi hal qiluvchi o‘yinda ham Bahodir Ahmedov boshqarayotgan O‘zbekiston termasining qo‘li baland keldi — 4:3.

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo Chempionatining amaldagi finalchisi hisoblanadi. Toshkent mezbonligida o‘tgan so‘nggi qit’a chempionatida ular finalgacha yetib borib, hal qiluvchi o‘yinda forslarga imkoniyatni boy bergandi — 1:2. O‘sha natija sabab O‘zbekiston termasi o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatiga yo‘llanma olgandi.

Osiyo Chempionati. Saralash
“A” guruhi. 3-tur
16-oktabr, dushanba

Gollar: Davron Abdurahmonov, 4 (1:0). Konstantin Sviridov, 5 (2:0). Emil Kanetov, 8 (2:1). Mashrab Odilov, 11 (3:1). Dilmurod Shavkatov, 15 (4:1). Kelkel Anarbekov, 15 (4:2). Emil Kanetov, 35 (4:3).

Osiyo Chempionati kelasi yilning 6—18-fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Unda 16 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют