» » Avstriyaga 31 yoshli Sebastyan Kurs rahbar bo‘ladi: shaxsiy hayoti, suratlari

Avstriyaga 31 yoshli Sebastyan Kurs rahbar bo‘ladi: shaxsiy hayoti, suratlari


Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurs parlament saylovlarida g‘olib chiqmoqda (u Xalq partiyasi yetakchisi) va yaqin kunlarda mamlakat kansleriga aylanadi. 31 yoshli siyosatchi Yevropadagi eng yosh davlat yetakchisiga aylanadi, deb yozadi “Metronews.ru”.

Sebastyan Kursni “go‘dak yuzli kansler” va “siyosiy vunderkind” deb atashmoqda. Uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ba’zi ma’lumotlar quyidagicha:

Kurs 1986-yilda Venada o‘qituvchi va muhandis oilasida tug‘ilgan. U hamon o‘zi tug‘ilib-o‘sgan tumanda yashaydi.

2004—2005-yillarda armiyada xizmat qildi, ammo institutni bitirishga ulgurmadi. Unda tugallangan oliy ta’lim yo‘q. Kurs yuristlikka o‘qigan, ammo yuqori davlat lavozimiga tayinlangach, o‘qishni tashlagan. 27 yoshida Avstriya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Sebastyan hozirda o‘qishini davom ettirmoqda.

Shu yilning 1-yanvaridan Kurs YeXHT raisiga aylandi. U Angela Merkelni muhojirlik bo‘yicha qonunchilik uchun ochiqdan-ochiq tanqid qilishdan qo‘rqmadi, u doimo chet elliklarga ijtimoiy to‘lovlar qisqartirilishiga qarshi chiqadi.

Kurs 2011-yildan boshlab Syuzanna Tyer ismli qiz bilan uchrashadi. Uni rasmiy siyosiy tadbirlarga ham o‘zi bilan birga olib kelishni boshladi.

Sebastyanning Instagram’da rasmiy sahifasi bor, unga 21 ming kishi obuna bo‘lgan. U yerga siyosatchi muntazam ravishda suratlar qo‘yib boradi, ular orasida Syuzanna bilan birga tushganlari ham bor.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют