» » O‘zbekistonda akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalar ikkinchi yilga qoldiriladi

O‘zbekistonda akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalar ikkinchi yilga qoldiriladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Bungacha amal qilgan tartibdan farqli o‘laroq, endi fanlarni belgilangan muddatda o‘zlashtirmagan talabalar (akademik qarzdorlar) o‘qishdan haydalmaydi, balki OTM rektori buyrug‘i asosida o‘zi o‘qiyotgan kursda yana bir yilga qoldiriladi.

Ikkinchi yilga qoldirilgan talabalar o‘zlari o‘qishni davom ettiradigan o‘quv semestri uchun shartnoma pulini to‘laydi. Ular qoldirilgan o‘quv semestri uchun to‘lov qaytarib berilmaydi.

Talabalarni bir semestrda sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirgani, shartnoma pulini vaqtida to‘lamagani, ichki tartibni buzgani uchun o‘qishdan haydash tartibi saqlab qolindi. Ularga ham to‘langan shartnoma puli qaytarib berilmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют