» » Foto: 3D-printerda yaratilgan ko‘prik

Foto: 3D-printerda yaratilgan ko‘prik


Niderlandiyaning janubidagi Gemert shahrida 3D-printerda yaratilgan ko‘prik foydalanishga topshirildi. 8 metrli mahsulot BAM infra kompaniyasining buyurtmasiga asosan Eyndxoven texnika universiteti laboratoriyasida tayyorlandi, deb xabar berdi TJournal.

Ushbu konstruksiya uch oy davomida 800 ta temir-beton qatlamlaridan tayyorlandi. Ko‘prik 40 ta yuk mashinasining og‘irligidagi yukni ko‘tarishga qodir, biroq undan faqatgina velosiped va piyodalar foydalanadi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu konstruksiyani tayyorlashda oddiy ko‘prikni qurishda ishlatiladigan resruslarga nisbatan “ancha kam” sarflangan.

BAM Infra ushbu ko‘prikni “3D-printerda chop etilgan birinchi ko‘prik” deya atadi. Aslini olganda ushbu turdagi ko‘priklarni yaratishni yirik kompaniyalarga 3D chop etish xizmatlarini taklif etadigan MX3D startapi xodimlari taklif etishgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют