» » Pentagon: Suriya va Iroqda 6,5 ming IShID jangarisi qolmoqda

Pentagon: Suriya va Iroqda 6,5 ming IShID jangarisi qolmoqda


Suriya va Iroqdagi IShID jangarilari soni 6,5 ming kishi atrofida ekanligi taxmin qilinadi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi koalitsiya matbuot kotibi Rayan Dillon ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Biz Suriya va Iroqdagi IShIDga qarshi kurash ketayotgan hududlarda dushman tuzilmalari soni 6,5 ming jangaridan iborat deb baholaymiz”, — dedi Dillon.

Matbuot kotibiga ko‘ra, yaqinda taslim bo‘lganlarini ham hisobga olganda, Raqqada qolayotgan jangarilar soni 100 kishini tashkil etmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют