» » Foto: Surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi mashhurlar

Foto: Surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi mashhurlar


Flytothesky nashri mashhurlik va shuhrat insonni surunkali kasalliklardan asramasligini isbotlovchi “yulduzlar” haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Nafaqat Gollivud, balki butun dunyoda eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lmish Anjelina Jolining BRCA1 geni buzilgan. Bu esa ko‘kak bezi saratoni xavfini ancha oshiradi.

Selena Gomes — taniqli aktrisa va qo‘shiqchi. Qo‘shiqchi lupus (“volchanka”) bilan kasallangan. Bu autoimmun kasallik bo‘lib, immun tizimini organizmdagi sog‘lom organ va to‘qimalarga hujum qilishga majburlaydi.

Ushbu aktyor tartibsiz hayot tarzi sabab ITV (“VICH”) bilan kasallangan.

90-yillar oxiri 2000-yillar boshida mashhurlikka erishgan ushbu qo‘shiqchi yoshligidan buyon astmadan azob chekadi. Biroq bu uning ijodiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Tom Xenks anchadan buyon diabetga qarshi kurashib keladi, ya’ni uning oshqozonosti bezi yaxshi ishlamaganligi sabab qonida shakar miqdori yuqori.

Kim Kardashyanga yoshligida psoriaz tashxisi qo‘yilgan. Psoriaz terini zararlashi oqibati u qizarib qoladi, yallig‘lanadi va pufaklar hosil bo‘ladi.

Kolumbiyalik qo‘shiqchi toksoplazmozdan aziyat chekadi. Ushbu infeksiya odamga mushuklar yoki xom go‘sht orqali yuqadi. U giripp ta’sirida boshlanadi va kasallangan insonning limfa tugunlari shishib ketadi.

Dunyoga mashhur aktyorlardan yana biri Xyu Jekmanga teri saratoni tashxisi qo‘yilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют