» » Toshkentda Lacetti avtomobilini ijaraga berishni va’da qilib 500 dollarni o‘zlashtirgan fuqaro ushlandi

Toshkentda Lacetti avtomobilini ijaraga berishni va’da qilib 500 dollarni o‘zlashtirgan fuqaro ushlandi


Yunusobod tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda “Lasetti” rusumli avtomashinani ijaraga olib berishni va’da qilib, 500 AQSh dollarini olib o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 2016-yil 21-dekabr kuni noma’lum shaxs 1985-yilda tug‘ilgan Shayxontohur tumani S. Xojayev ko‘chasida yashovchi Sh.Xga Lacetti rusumli avtoulovni ijaraga olib beraman, deb va’da qilib, 500 AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringan edi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoyatni 1982-yilda tug‘ilgan Yunusobod 6—3-uyda yashovchi A.D tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro A.Dga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют