» » Portugaliya va Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inlarida 45 kishi halok bo‘ldi

Portugaliya va Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inlarida 45 kishi halok bo‘ldi


Portugaliyaning markaziy va shimoliy qismi hamda Ispaniyaning Galisiya avtonom hamjamiyati shimoli-g‘arbini qoplab olgan yong‘inlar oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

O‘tgan hafta oxiridan beri yong‘inlar tinmayotgan Potugaliyada 71 kishi jarohat oldi. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan 7 kishidan 6 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.

Portugaliyada 4 kun mobaynida o‘rmon yong‘inlari 240 ming gektar maydonni qamrab oldi. Mamlakatda yong‘in qurbonlari xotirasiga 4 kunlik motam e’lon qilindi.

Galisiyada 4 kishi yong‘in qurboni bo‘ldi.

Euronews telekanaliga ko‘ra, 17-oktabr, seshanba kungi yomg‘ir nihoyat yong‘inlarni bartaraf etishga ko‘mak berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют