» » Fotogalereya: Kelajak samolyotlarining ichki ko‘rinishi

Fotogalereya: Kelajak samolyotlarining ichki ko‘rinishi


AdMe aviakompaniyalar yaqin kelajakda o‘zlarining samolyotlarida qo‘llashi mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Ko‘plab aviakompaniyalar yo‘lovchilarga barcha xabarlarni telefon yoki Facebook orqali jo‘natishadi. Biroq ularning ayrimlari samolyot loyihasiga mos keladigan individual ko‘ngilochar markaz yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu ko‘ngilochar markazda internetga ulanish shart emas — istalgan gadjet samolyot ichidagi lokal tarmoqda ishlayveradi.

Niderlandiyaning AirFi kompaniyasi qisqa aviareyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarni maxsus ichki simsiz tizim bilan jihozlamoqda. Tizim oldindan tayyorlangan kontentni yo‘lovchining qurilmalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklab beradi. Bu xuddi bort jurnaliga o‘xshaydi, u orqali film tanlash, ovqat buyurtma qilish va duty free orqali xaridni amalga oshirish mumkin.

Yo‘lovchilar reyslar davomida odatda Netflix yoki Amazon kabi ko‘ngilochar portallardan foydalanishadi. Ko‘plab aviakompaniyalar bundan qochishga harakat qiladi, biroq ular buning o‘rniga hech nima tavsiya qilmaydi. Air France-KLM tarkibiga kiruvchi Transavia hamda Avstraliyaning Qantas kabi yirik aviakompaniyalari parvoz paytida foydalanish mumkin bo‘lgan virtual reallik texnologiyasini sinovdan o‘tkazishni davom etmoqda.

Qantas aviakompaniyasi maxsus ko‘zoynaklardan foydalangan holda virtual reallikka mo‘ljallangan qurilmalarning butun boshli kompleksini yaratdi. Parvozning bu turdagi rejimi, shuningdek, uchishdan qo‘rqadiganlarni xotirjam qilishga yordam beradi.

Italiyaning Aviointeriors kompaniyasi ustida hech kim bo‘lmaganida avtomatik tarzda yig‘iluvchan o‘rindiqlarni ishlab chiqarish niyatida. Ekonom-klass uchun mo‘ljallangan ushbu yangilik butun salon bo‘ylab harakatlanish oson bo‘lishini ta’minlaydi va ular kinoteatrdagi o‘rindiqlar kabi loyihalanadi. Agarda yo‘lovchilar parvoz vaqtida birorta film ko‘rishsa, ularda sayyoraning yarmini uchib o‘tgandek emas, shunchaki kino tomosha qilishganidek tasavvur paydo bo‘ladi.

Air Lair’ning asosiy innovatsiyasi — o‘rindiqlar o‘rniga pilla-yotoqlarni joriy etish. Sayohatchilar yorug‘lik, ovoz hamda haroratni boshaqarish mumkin bo‘lgan ushbu xonalarda o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют