» » O‘zMUda Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi

O‘zMUda Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va qator jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar qatnashdi.

Universitet rektori A.Marahimov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi D.Siddiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid va boshqalar Chingiz Aytmatov betakror ijodi bilan O‘zbekiston – Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan buyuk adib ekanini alohida ta’kidladi.

Ko‘rgazmadan Chingiz Aytmatovning ana shunday durdona asarlari, adib haqidagi xotiralar, maqolalarning elektron nusxalari, yozuvchining hayoti va ijodi tasvirlangan fotosuratlar o‘rin olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 18:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют