» » Toshkentda 6000 dollar evaziga TAYIga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda 6000 dollar evaziga TAYIga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi


Mirzo Ulug‘bek tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent avtomobil yo‘llari institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 6000 AQSh dollarini olib o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 17-oktabr kuni 2014-yilning oktabr oyida 1970-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Chirchiq shahri Amir Temur ko‘chasi 11-uyda yashovchi X.U va 1974-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan TTZ 1—7-uyda yashovchi N.Slar TTZ 1—5-uy oldida 1972-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Chirchiq shahri 1-kichik daha 43-uyda yashovchi M.Nning o‘g‘li 1992-yilda tug‘ilgan A.Ani Toshkent avtomobil yo‘llari institutiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 6 000 AQSH dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan fuqarolar X.U va N.Slarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют