» » Shavkat Mirziyoyev Tashqi savdo vazirligining sobiq binosini Madaniyat vazirligiga berish haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Tashqi savdo vazirligining sobiq binosini Madaniyat vazirligiga berish haqidagi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan qarorni imzoladi. Qaror matni Prezident rasmiy saytida e’lon qilingan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan va inshootlar tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi asosida Madaniyat vazirligiga bepul beriladi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat “Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida” qabul qilingan.

Bu binoda o‘z vaqtida O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi joylashgan edi. So‘nggi vaqtlarda bino va inshootlar “Asakabank” ixtiyorida bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Madaniyat vazirligi berilgan tarixiy bino 1898-yilda arxitektorlar Geyntselman va Maksimov loyihalari asosida bunyod etilgan bo‘lib, u arxitektura yodgorligi hisoblanadi.

Mavzuga doir: 2017-yil, avgust. Tashqi savdo vazirligining binosi Madaniyat vazirligiga beriladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют