» » Rossiya avgust oyida neft qazib olish bo‘yicha Saudiyadan o‘zib ketdi

Rossiya avgust oyida neft qazib olish bo‘yicha Saudiyadan o‘zib ketdi


Avgust oyida Rossiya neft qazib olish hajmlari bo‘yicha yana bir marta Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi. Rossiya sutkasiga o‘rtacha 10,346 million barrel neft yetkazdi, Saudiyada esa bu ko‘rsatkich sutkasiga 9,951 million barrelni tashkil etdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

“Neft statistikasi bo‘yicha qo‘shma tashabbus”ga (Joint Organization Data Initiative, JODI) ko‘ra, Rossiyaning neft qazib olish hajmi iyul ko‘rsatkichlariga nisbatan 0,5 foizga, Saudiyada esa 0,6 foizga qisqardi.

Iyulda Rossiyaning kunlik neft qazib olish hajmi 10,393 million barrelni, Saudiyada esa 10,01 million barrelni tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, JODI’ga ko‘ra, Saudiya neft eksportining kunlik statistikasi 0,2 foizga oshib, 6,708 million barrelga yetdi. Rossiyaning bu boradagi ko‘rsatkichi hisobotda aks etmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют