» » Angela Merkel Germaniyada “Yamayka koalitsiyasi”ni yaratish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Angela Merkel Germaniyada “Yamayka koalitsiyasi”ni yaratish bo‘yicha muzokaralarni boshladi


Germaniya kansleri Angela Merkel 18-oktabr kuni mamlakatda uch tomonli koalitsion hukumat tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Muzokaralar Xristian demokratik ittifoqi/Xristian sotsial ittifoqi markazchi bloki, “Erkin demokratlar” partiyasi va Yashillar o‘rtasida bormoqda. Germaniyalik siyosatshunoslar bo‘lajak hukumatni “Yamayka koalitsiyasi” deb atamoqda, negaki uch tomonning partiya bayroqlari rangi (qora, sariq, yashil) Yamayka bayrog‘ini eslatadi.

Merkel xonimga ko‘ra, koalitsion hukumat yaratish bo‘yicha muzokaralar bir necha hafta davom etadi. Ekspertlar Angela Merkel barcha bilan umumiylik topishga urinishini kutmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют