» » Ukraina Oliy Radasi oldida namoyishchilar va maxsus kuchlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Ukraina Oliy Radasi oldida namoyishchilar va maxsus kuchlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi


Ukraina maxsus otryadlari Oliy Rada binosi oldida namoyishchilar uyushtirgan chodirli shaharchani qamal ostiga oldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Kecha, 17-oktabr kuni muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili boshchiligidagi “Yangi kuchlar ruhi” faollari korrupsiyaga qarshi miting boshlagani xabar qilingan edi. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi. Jabrlanuvchilar orasida Oliy Rada deputati Yegor Sobolev bor.

Ukraina IIV besh kishi jarohat olganini xabar qildi.

Vazirlikning kommunikatsiya departamenti direktori Artyom Shevchenko “112 Ukraina” telekanali efirida ikki huquq-tartibot xodimi jarohat olgani, shuningdek, namoyishchilardan uch kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganini aniqlashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar deputat daxlsizligini bekor qilishni, korrupsiyaga qarshi sud tashkil etishni hamda saylov qonunchiligiga o‘zgartishlar kiritilishini talab qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют