» » Eron prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilovni qabul qildi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilovni qabul qildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 18-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron prezidenti va xalqiga yetkazdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning 2017-yil 11-sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi va muzokaralari O‘zbekiston—Eron munosabatlarini kengaytirishning yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют