» » Uchtepada avtomobil olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Uchtepada avtomobil olib qochgan shaxs qo‘lga olindi


2017-yil 10-oktabrdan 11-oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Toshkent shahar Uchtepa tumani hududida fuqaro X.O.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinani olib qochgan. Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Mirzo Ulug‘bek tumani hududida topilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Dilmurod Xojimatov sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 01:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют