» » Pop—Namangan—Andijon temir yo‘li 2022-yilgacha elektrlashtiriladi

Pop—Namangan—Andijon temir yo‘li 2022-yilgacha elektrlashtiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida ‘Pop—Namangan—Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi UzDaily.

2017-yil 20-aprel kuni OTB Direktorlar kengashi O‘zbekistonga “Pop—Namangan—Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 25 yil muddatga (5 yili imtiyozli davr) 80 million dollarlik qarz taqdim etishni ma’qullagan edi.

Loyiha besh yil (2017—2021-yillarda) ichida amalga oshiriladi. O‘zbekistonning loyihaga hissasi 122,03 million dollar ekvivalentiga teng bo‘ladi, shuning 38,72 million dollari soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida, shuningdek, 72,09 million dollari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘lari va 11,22 million dollari “O‘zbekenergo” AJning mablag‘laridir.

O‘zbekiston rahbari “Pop—Namangan—Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ham tasdiqladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют