» » Toshkent aeroportida servisni yaxshilashga koreyalik mutaxassislar yordam beradi

Toshkent aeroportida servisni yaxshilashga koreyalik mutaxassislar yordam beradi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Janubiy Koreyaning “Inchxon” xalqaro aeroport korporatsiyasi bilan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining “Toshkent-4” yo‘lovchi terminalini loyihalashtirish hamda “Toshkent-2” terminalidan foydalanishni optimallashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi “Gazeta.uz” MAK saytiga tayanib.

Koreya tomoni poytaxt aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun potensial maslahatchi sifatida taklif qilingan. Janubiy koreyalik mutaxassislar loyihalashtirilayotgan “Toshkent-4” terminali o‘lchamlarini hisoblash uslubi va loyiha bo‘yicha kapital mablag‘lar, shuningdek, rejalashtirish yechimlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan “Toshkent-2” terminalida qulaylik va servis darajasini oshirish va uning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

“Toshkent-2” terminalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati bugungi kunda soatiga 1000 yo‘lovchidan oshadi. Har yili uning xizmatlaridan 2,5 milliondan ziyod yo‘lovchi foydalanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют