» » Peterburglik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi

Peterburglik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi


Peterburglik ayol to‘rt nafar chaqaloq: uch qiz va bir o‘g‘ilning onasi bo‘ldi. Bu haqda vitse-gubernator Anna Mityanina xabar qildi, deb yozadi MetroNews.

Tug‘uruq jarayoni 2017-yilning 17-oktabr kuni 17-sonli tug‘uruqxonada muvaffaqiyatli o‘tdi. Kesarcha kesishni bosh shifokorning o‘zi amalga oshirib, unga 22 akusher yordam berdi.

Birinchi bo‘lib qizaloq dunyoga keldi, uning ortidan uka-singillari. Ularga allaqachon ism berishdi: Viktoriya, Yeva, Artyom va Milana. Har bir chaqaloqning vazni bir yarim kilogrammdan biroz ortiq. Ular intensiv terapiya bo‘limida.

Ko‘p farzandning onasiga aylangan ayol Yelena Gonchar yirik kompaniyaning rahbari. Bolalarning otasi ular dunyoga kelgan kuni xizmat safarida edi. Biroq oila to‘rt nafar chaqaloqni tarbiya qilishga tayyor. Ularga ko‘maklashish uchun buvisi yordamga keladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют