» » Bektemirda 3,5 kilogrammdan oshiq marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Bektemirda 3,5 kilogrammdan oshiq marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 2017-yil 15-oktabr kuni soat 11:00 larda “Bektemir” YPX maskanida “Neksiya” rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshirish jarayonida mazkur avtomobil yo‘lovchisi, 1973-yilda tug‘ilgan Baxtiyor Agzamovning yonidan og‘irligi 3 kilogramm 656,4 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Baxtiyor Agzamovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют