» » Qanday qilib mashhur sayyohlik joylarini to‘g‘ri suratga olish mumkin?

Qanday qilib mashhur sayyohlik joylarini to‘g‘ri suratga olish mumkin?


Bu maqolamizda zerikarli va bir-biriga o‘xshash ta’til suratlarini qanday qilib do‘stlar va yaqinlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni xohlaydigan qiziqarli voqealarga aylantirish mumkinligi haqida yozilgan va tajribali mutaxassislar o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashishgan.

Ular shaxsan o‘zingiz keyinchalik sayohat haqida eslab yurish uchunmi? Unda siz aynan nimani esda saqlab qolishni xohlashingizni o‘zingizdan so‘rang.

Yoki siz ularni yaqinlaringizga ko‘rsatishni xohlaysizmi? U holda ko‘pchilik suratlarda o‘zingiz bo‘lishingiz kerak, chunki ular sizni o‘sha joylarda ko‘rishni xohlashadi.

Ayni paytda siz aniq nimani suratga olmoqchisiz? Ikkilanayotgan bo‘lsangiz suratlarga ko‘proq hayotiylikni qo‘shing. Qandaydir voqealarni topishga harakat qiling — ular har doim bizning atrofimizda sodir bo‘ladi. Biron-bir g‘ayrioddiy ish qilayotgan mahalliy odamga e’tibor bering va uni suratga oling. Munosabat o‘rnatishga harakat qiling.

Suratlarni  “shunchaki”  tushirmang. Sizning maqsadingiz — yangi nuqtai nazarni nimadadir ko‘rsatish. Ba’zan, yaxshi surat chiqishi uchun, kutish va tayyorlanish kerak. Suratga ortiqcha hech narsa tushib qolmaydigan muvofiq holatni izlab toping.

Qiziquvchan bo‘ling. Balki bu chorrahani yuz kishi suratga tushirgan bo‘lishi mumkin, lekin hech kimning nazari kichkina suqmoqchaga tushmagan — siz esa nazar soling.

Yoritilishning yomonligi juda qiziqarli suratni ham buzadi. Yaxshisi oltin vaqt deb ataluvchi — quyosh nurlari iliqroq va mayinroq bo‘lgan paytda, ya’ni quyosh botishidan bir soat oldin va quyosh chiqqanidan bir soat keyin suratga olganingiz ma’qulroq.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют