» » Uch yoshli o‘zbek qizi — Maryam Amerikadagi qorilar musobaqasida ikkinchi o‘rinni oldi

Uch yoshli o‘zbek qizi — Maryam Amerikadagi qorilar musobaqasida ikkinchi o‘rinni oldi


2017-yilning 7-oktabrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtati Redmond shahrida Qur’oni Karimni chiroyli va to‘g‘ri tajvid qoidalari bilan yod olish bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Azon.uz”.

Unda 2 va 18 yosh oralig‘idagi bolalar va 18 yoshdan kattalar ham ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa ishtirokchilari yoshlariga qarab bir nechta guruhga ajratilgan holda sinovdan o‘tishdi.

14-oktabrda ushbu bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar taqdirlandilar.

Ma’lum bo‘lishicha, bellashuvda bu safar o‘zbek qizalog‘i — Maryam ham ishtirok etib, 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 30 nafar ishtirokchi ichidan 100 dan 98 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Maryamning ota-onasi “Azon.uz”ga xabar berishicha, qizaloq yaqindagina 3 yoshni qarshi olgan. Lekin yosh bo‘lishiga qaramasdan musobaqada ishtirok etib, hay’at a’zolarini o‘z bilimi bilan lol qoldirgan. Maryam o‘zining bu yutug‘i bilan Redmond masjidi imomi bo‘lmish Imom Nabeelning olqishiga sazovor bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют