» » 2018-yildan Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida analog teleuzatkichlar o‘chiriladi

2018-yildan Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida analog teleuzatkichlar o‘chiriladi


2017-yil 17-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2017-yil oxirigacha Respublikaning barcha hududlarida 90 komplekt yuqori quvvatli va 404 komplekt kam quvvatli raqamli teleeshittirish uzatkichlarini o‘rnatish va foydalanishga topshirish hisobiga barcha aholi punktlari raqamli teleeshittirishlar bilan qamrab olinishini ta’minlanadi. Bu haqda Toshkent radioteleuzatish markazi xabar bermoqda.

Shuningdek, aholi raqamli teleeshittirishlar xizmatlaridan keng foydalanishini, shu jumladan xorijiy sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatori yo‘ldosh segmentini ijaraga olish hisobiga davlat teleradiodasturlarining umumfoydalaniladigan ijtimoiy paketini respublikaning uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarigacha yetkazishni ta’minlash nazarda tutilgan.

Mazkur qarorda O‘zbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, kelgusi yilning 15-yanvaridan boshlab 5-dekabriga qadar butun Respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi.

Jumladan, 2018-yil aprel oyida Sirdaryo viloyatidagi (Guliston), iyul oyida Toshkent shahridagi va yanvar oyida Toshkent viloyatidagi (Angren, Chorbog‘, Shougaz va Bekobod) yuqori quvvatli hamda iyul oyidan boshlab Toshkent viloyatining uzoq va borish qiyin bo‘lgan (tog‘li) hududlaridagi kam quvvatli analog teleuzatkichlari o‘chirilishi rejalashtirilmoqda.

“Televizor xarid qilayotganda, ushbu televizorda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyuner bor-yo‘qligiga e’tibor qaratish lozim. Mahsulotning texnik tavsifida bu haqida batafsil axborot berilgan bo‘ladi. Bunday televizor raqamli televideniyega ulanish uchun ortiqcha qurilmalarni talab qilmaydi”, — deyiladi xabarda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют