» » Chempionlar Ligasi. Messida yubiley gol, Pikeda ilk chetlatish, Mbappe va Svilar — vunderkind

Chempionlar Ligasi. Messida yubiley gol, Pikeda ilk chetlatish, Mbappe va Svilar — vunderkind


Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 3-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Ortda qolgan o‘yinlardan keyin bir qator futbolchilar tarixiy natijalar qayd etdi.

Moskvada “Bazel”ga imkoniyatni boy bergan “SSKA” futbolchilari o‘z muxlislarini ranjitdi. Boisi, “armiyachilar” butun uchrashuv davomida darvozaga 1 ta ham aniq zarba bera olmadi.

Shu kuni “Bazel” sharafini himoya qilgan Marek Suxi “SSKA” hujumchilariga erkin nafas olish imkonini bermadi. Himoyachi o‘zi ishtirok etgan 15 ta yakkakurashning barchasida raqiblaridan ustun chiqdi.

Chempionlar Ligasining 3-turida “Barselona” bir kishi kam bo‘la turib “Olimpiakos” ustidan zafar quchdi — 3:1. 43-daqiqada Jerar Pike to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi.

Pike Chempionlar Ligasida bunga qadar biror marta ham qizil kartochka olmagandi. “Olimpiakos”ga qarshi bellashuvni u endi uzoq vaqt eslab qoladi.

Yaqindagina “Anderlext” klubining yoshlar tarkibida yurgan mazkur darvozabon Chempionlar Ligasida debyut qildi. Qo‘l ostida ikki mashhur posbon bo‘lishiga qaramay, “Benfika” bosh murabbiyi aynan Svilarni asosiy tarkibga kiritdi.

Bu bilan belgiyalik sportchi Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazgan eng yosh darvozabonga aylandi. “Yunayted”ga qarshi uchrashuvda u 18 yosh-u 52 kunlik edi. 18 yosh-u 118 kunligida Chempionlar Ligasida ishtirok etgan Iker Kasilyas 18 yil davomida bunday maqomni o‘zida saqlab kelgandi.

Svilar uchun debyut o‘yin muvaffaqiyatli kechmadi. “Yunayted” aynan uning xatosidan so‘ng g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Endilikda Mbappe 19 yoshiga qadar Chempionlar Ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Bunga qadar gollandiyalik Patrik Klyuvert yetakchi edi.

18 yoshli fransiyalik hujumchi Chempionlar Ligasida hozirgacha 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumni “Monako” safida o‘tkazgan Mbappe pley-offda 6 ta gol urib, jamoasining yarim finalga qadar yetib borishida muhim figura bo‘lgandi. Yangi mavsumni “PSJ” safida boshlagan Mbappe joriy mavsum yana 2 ta gol urib ulgurdi.

Argentinalik hujumchi “Olimpiakos” darvozasiga gol urib, yevrokuboklardagi aniq zarbalari sonini 100 taga yetkazib oldi.

Messi Chempionlar Ligasida hozirga qadar 97 ta gol urishga erishgan. Yevropa Superkubogida esa 3 bor muvaffaqiyat qozongan.

“Barselona” forvardi yevrokuboklarda gol urish bobida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi. “Real” hujumchisi hozirga qadar 110 ta gol urishga erishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют