» » BMT: har kuni butun dunyo bo‘ylab 7 ming chaqaloq nobud bo‘ladi

BMT: har kuni butun dunyo bo‘ylab 7 ming chaqaloq nobud bo‘ladi


2016-yilda 15 mingga yaqin besh yoshgacha bo‘lgan bola, jumladan, 7 ming nafar chaqaloq har kuni halok bo‘lgan. Bu haqda BMT agentliklari tomonidan tayyorlangan hisobotda ma’lum qilindi, deb xabar berdi “TASS”.

Hisobotga ko‘ra, 2016-yilda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning halok bo‘lishini eng kam ko‘rsatkichi qayd etilgan — 5,6 million. Misol uchun, 2000-yilda ushbu ko‘rsatkich 9,9 millionni tashkil etgan. Shu bilan birga tadqiqotchilarning qayd etishicha, so‘nggi 16 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichi 41 foizdan 46 foizga qadar o‘sgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 30 foiz chaqaloqning o‘limiga homiladorlik va tug‘uruqdagi asoratlar sabab bo‘lgan.

BMT agentliklari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar o‘limining nisbatan yuqori darajasi ikkita mintaqada ko‘roq kuzatilgan: Janubiy Osiyo ( 2016-yilda halok bo‘lganlarnin 39 foizi) va Afrika (38 foiz). Shuningdek, bu kabi yuqori ko‘rsatkichlarni Hindiston (24 foiz), Pokiston (10 foiz), Nigeriya (9 foiz), Kongo Demokratik Respublikasi (4 foiz) va Efiopiya (3 foiz) qayd etgan.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, agarda shunday davom etadigan bo‘lsa, 2017-yildan 2030-yilga qadar besh yoshgacha bo‘lgan 60 million bola halok bo‘ladi, ularning 30 millionini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tashkil etadi.

BMTning Bolalar jamg‘armasi bo‘limining rahbari Stefan Svartling-Piterson yuqoridagi yangi ma’lumotlarga izoh berar ekan, 2000-yildan buyon 5 yoshgacha bo‘lgan 50 million bolaning hayoti saqlab qolinganini qayd etdi.

Tadqiqotchilarning hisoblashicha, agarda barcha davlatlar rivojlangan mamlakatlardagi kabi bolalar o‘limi ko‘rsatkichiga ega bo‘lsa, o‘lim holatining 87 foizidan qochish mumkin bo‘lardi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют