» » Ispaniya hukumati Kataloniyaning o‘z-o‘zini boshqarishini bekor qilishi mumkin

Ispaniya hukumati Kataloniyaning o‘z-o‘zini boshqarishini bekor qilishi mumkin


Ispaniya hukumati 21-oktabr kuni konstitutsion tartibni qayta tiklash va Kataloniya avtonomiyasini bekor qilish masalasini hal qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tartibni qayta tiklash uchun Madrid Konstitutsiyaning 155-moddasini ishga solmoqchi. Bu modda mahalliy hokimiyat vakolati va hududda tashqi boshqaruvni joriy qilishni to‘xtatish ko‘zda tutilgan.

Kataloniya rahbari Karles Puchdemon bunga javoban agar mazkur modda amalga tatbiq etilsa, hudud mustaqilligi e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

1-oktabrda Kataloniyada bo‘lib o‘tgan referendumda ko‘pchilik Ispaniya tarkibidan chiqishni yoqlab ovoz bergan.

Konstitutsion sud mazkur referendumni noqonuniy deb topdi, Madrid esa ovoz berish jarayonida bir nechta tartibbuzarliklarni qayd etdi.

Referendumdan so‘ng Kataloniya hukumati mustaqillik haqida e’lon qilmadi, balki Madridga hudud mustaqilligi haqida muzokara olib borishni taklif qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют