» » Fotogalereya: Eng xunuk proporsiyaga ega avtomobillar

Fotogalereya: Eng xunuk proporsiyaga ega avtomobillar


“Popmech” nashri dizaynidagi proporsiyalarining juda xunukligi bilan nom qozongan avtomobillar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

SsangYong Actyon: Janubiy Koreyaning mashhur krossoveri avtomobilning orqa qismiga ulanib ketgan kuzovni ma’qul ko‘rgan.

Suzuki X90: Noodatiy, biroq samarali ushbu avtomobil kuzovi yo‘ltanlamas va ikki o‘rindiqlik kupe gibridiga o‘xshaydi.

Tata Magic Iris: Hindiston avtomobilsozlari tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu mashinaning maksimal tezligi soatiga 55 kilometrni tashkil etadi.

Mercedes-Benz GLE Coupe: Yirik g‘ildiraklar ushbu tuxumsimon kuzovga mutanosib bo‘lgan rakursni topish juda qiyin.

Toyota Mirai: Ultrazamonaviy avtomobilni yaratishni ixtiyor etgan yaponlar anchagina oshirib yuborgan ko‘rinadi.

Fiat Multipla: Ushbu Italiya minivenining ichi keng va qulay, biroq dizayni…

SsangYong Musso Sport: Koreyslar tomonidan yaratilgan yana bir omadsiz krossover.

Bugatti Royale: 3,2 tonna og‘irlikka ega sedanning kapoti juda uzun, biroq saloni ancha tor.

Aston Martin Lagonda: O‘zining ingichka va uzun frontal qismi sabab ushbu britan sedaniga “chumolixo‘r” deb nom berishgan.

Panther 6: Superkarning barcha narsasi noodatiy — olti g‘ildirakli sxemasidan tortib orqasiga o‘rnatilgan 8,2 litrli V8 dvigateliga qadar.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют