» » Xorazmda 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 54,2 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi majburiy tartibda undirildi

Xorazmda 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 54,2 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi majburiy tartibda undirildi


Xorazm viloyatida soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan bir qancha targ‘ibot tadbirlari, tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqotlar hamda davra suhbatlari tashkil etilmoqda, deb xabar beradi viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sud hujjatlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarning 54,2 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi majburiy tartibda undirilgan.

Shuningdek, Urganch shahridan ro‘yxatdan o‘tgan “Otanazar hisobchi” MChJ umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lib, ushbu subyektda o‘tkazilgan tekshirishda jamiyatga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarimadan muddati o‘tgan 30 million so‘m soliq qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli, mazkur qarzdorlik evaziga jamiyatga tegishli Cobalt rusumli avtomashinasi xatlovga olindi.

Shu kabi,majburiy ijro byurosi ish yurituvida bo‘lgan 76,8 million so‘mlik ijro hujjatiga asosan avtotransport xizmati faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Janubgazavtoxizmat” unitar korxonasiga tegishli Nexia rusumli avtomashinasi xatlovga olindi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi va hududlardagi soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan o‘tgan ikki oy davomida joylarda soliq to‘lovchilar bilan 22 marta profilaktik suhbatlar tashkil etildi va mazkur tadbirlarda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan rasmiy ogohlantirishlar berildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют