» » Qozog‘iston O‘zbekistonga birgalikda iqtisodiy zonalar yaratishni taklif etdi

Qozog‘iston O‘zbekistonga birgalikda iqtisodiy zonalar yaratishni taklif etdi


Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan qozoq-o‘zbek biznes forumi doirasida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev birgalikda iqtisodiy zonalar yaratish zarurligini ta’kidladi, deb xabar berdi “Kazinform”.

Yerik Utembayev Qozog‘iston savdo missiyasining ochirish marosimida so‘zlagan nutqida forum ishtirokchilarini ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani bilan batafsil tanishtirdi, shuningdek, qo‘shma hamkorlik va iqtisodiy hududlarni yaratish yo‘li bilan ularni mustahkamlashni taklif qildi.

“Yaqin vaqtlar ichida birgalikda iqtisodiy zonalarni yaratish ustida ish boshlashimizni istardim. Bunday imkoniyalardan biri — chegara hududlari bilan ishlashdir. Yaqindagina Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida biz O‘zbekistonning barcha chegara hududlari bilan shartnoma tuzdik. Kelgusi qadam birgalikda iqtisodiy va sanoat zonalarini yaratish bo‘lishi kerak. Bu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi katta tajribaga ega va biz keyingi seminarda barcha hududiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishni boshlab yuborishimiz mumkin”, — deya ta’kidladi Yerik Utembayev.

Bundan tashqari Qozog‘iston elchisi ikki mamlakat rahbarlarining tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish borasida qo‘ygan vazifasini alohida ta’kidladi.

“Ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘yilgan katta maqsad — kelgusi yilda Qozog‘iston hamda O‘zbekiston o‘rtasida mintaqalararo birinchi katta forumni o‘tkazish. Qozog‘istonning o‘n olti nafar hokimi va O‘zbekistonning o‘n to‘rt nafar hokimi mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar taklif etishi mumkin bo‘lgan bu turdagi forum hali ikki mamlakat o‘rtasida o‘tkazilmagan”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют