» » Chilonzordagi bo‘ron qurboni, kilogrammi 800 so‘mgacha ko‘tarilgan qo‘l terimi, Toshkent bozorlaridagi bankomat muammosi va kunning boshqa muhim xabarlari

Chilonzordagi bo‘ron qurboni, kilogrammi 800 so‘mgacha ko‘tarilgan qo‘l terimi, Toshkent bozorlaridagi bankomat muammosi va kunning boshqa muhim xabarlari


19-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi. Hukumat bu qarorni 16-oktabr kuni qabul qilgan, u 17-oktabrdan kuchga kirgan.

2. Toshkentda 17-oktabr kuni kuzatilgan bo‘ron oqibatida chilonzorlik ayol vafot etdi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, 17-oktabr kuni Toshkent shahri va Buxoro viloyatida shamol tezligi soniyasiga 32 metrgacha kuchaygan.

3. Hozircha faqat Fayzobodda: Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi. Bu guvohnomalar uchun to‘lov miqdori ham belgilandi.

4. Toshkent bozorlaridagi bankomatlar haqida: Uzoqqa cho‘zilmagan o‘yin. “Pravda Vostoka” muxbiri kartochkasidagi pulini naqdlashtirish maqsadida bir necha kun davomida ahvolni o‘rganib chiqqan.

5. Video: Bekobodda besh farzandli uysiz ayol hokimning g‘amxo‘rligidan yig‘lab yubordi. “Xo‘jayinim ikkalamiz kun bo‘yi ishga chiqamiz, har kuni. Uyda o‘tirmaymiz. Kichik farzandimizni qo‘shniga tashlab, ishga chiqamiz”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют